Qayerda o'qishni xohlaysiz?
Har bir davlatning o'z narxi, tili va qabul davri bor. Solishtiring va o'zingizga mosini tanlang.
Janubiy Koreya
Texnologiya va innovatsiyalar markazi, xalqaro talabalar uchun stipendiya dasturlari.
Xitoy
Kuchli universitetlar, davlat grantlari va xitoy hamda ingliz tilidagi dasturlar.
Malayziya
Ingliz tilidagi ta'lim va hamyonbop yashash xarajatlari.
Turkiya
Yaqin madaniyat, qulay parvozlar va turli yo'nalishdagi dasturlar.
Germaniya
Yevropaning kuchli muhandislik va ilmiy maktablari.
Vengriya
Yevropa diplomi, ingliz tilidagi dasturlar va davlat stipendiyalari.
Buyuk Britaniya
Dunyo tan oladigan diplom va qisqa muddatli magistratura.
AQSh
Keng tanlov, moslashuvchan dasturlar va ilmiy imkoniyatlar.
Toshkentdan auditoriyagacha 5 bekat
- 01
Suhbat
Maqsad, bilim va byudjetni aniqlaymiz.
- 02
Tanlov
Davlat, universitet va dasturlar ro'yxatini tuzamiz.
- 03
Hujjat va ariza
Hujjatlarni tayyorlab, universitetga topshiramiz.
- 04
Taklifnoma va viza
Qabul xatidan so'ng viza hujjatlarini rasmiylashtiramiz.
- 05
Uchish
Chipta, turar joy va moslashuv bo'yicha yo'l-yo'riq beramiz.
Biz nimada yordam beramiz
Bepul konsultatsiya
Maqsadingiz, bilimingiz va byudjetingizni tahlil qilib, real variantlarni ko'rsatamiz.
Universitet tanlash
Davlat, universitet va yo'nalishni birgalikda tanlaymiz.
Hujjatlar tayyorlash
Tarjima, apostil, motivatsion xat va ariza paketini tartibga keltiramiz.
Grant va stipendiyalar
Sizga mos moliyaviy yordam dasturlarini topib, ariza berishda yordamlashamiz.
Viza yordami
Hujjatlar ro'yxati, elchixona suhbatiga tayyorgarlik.
Uchish va moslashuv
Chipta, yotoqxona va borgandan keyingi birinchi qadamlar bo'yicha maslahat.
Tanlangan universitetlar
Ko'p so'raladigan savollar
IELTS sertifikatisiz o'qishga kirsa bo'ladimi?
Ba'zi universitetlar til tayyorlov kursi yoki ichki test orqali qabul qiladi. Shartlar universitetga bog'liq — konsultatsiyada aniq variantlarni aytamiz.
Vizaga kafolat berasizmi?
Viza qarorini faqat elchixona qabul qiladi, shuning uchun hech kim kafolat bera olmaydi. Biz hujjatlarni to'g'ri tayyorlash va suhbatga tayyorlanishda yordam beramiz.
Jarayon qancha vaqt oladi?
Odatda bir necha oy. Davlat va qabul davriga qarab o'zgaradi, shuning uchun erta boshlash tavsiya etiladi.
O'qish davomida ishlash mumkinmi?
Ko'p davlatlarda talabalarga cheklangan soatlarda ishlashga ruxsat beriladi. Qoidalar davlat va viza turiga bog'liq.
Bepul konsultatsiyaga yoziling
Ma'lumot qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan bog'lanadi.